Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Sen, 2012

Bugun «DuTOR» «imtixon» topshiradi!!!

DuTORBugun 2012 yil 21 sentyabr! Bir necha kunlardan buyon «jar» solinayotgan «DuTOR Party» bo'lib o'tadigan kun. Ushbu kunda biz «DuTOR»chilar Eldor Bek hamda Azeez Akaning ijodiga haqiqiy bahoni berishimiz mumkin. Barcha yulduzlar va ko'plab muxlislar oldida «DuTOR» guruhi o'z albom taqdimotini o'tkazadi va ijod namunalarini bizlarga namoyish etadilar.

Biz aslida Eldor Bek hamda Azeez Akani alohida-alohida ijod qilgan davrida yaxshi eslaymiz. Yodingizda bo'lsa, 2011 yil bahorida bo'lib o'tgan «SB.uz 5-yoshda!» gala-konsertida har ikki ijodkor ham alohida o'z qo'shiqlarini ijro etishgan edi. 2012 yil bahorda taqdim etilgan «Sumalak bazmi 2012″ shou-dasturida esa ularni «DuTOR» guruhi sifatida o'zimizga kashf qildik. Ammo, ularning haqiqiy imtixoni aynan bugun «Opera» klubida bo'lib o'tadi. Barcha muxlislarni mazkur shouga taklif qilib qolamiz. Va'da qilinayotgan unutilmas shou dasturiga bevosita tashrif buyurib, baho berishga nima yetsin!

DuTOR


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *