Bugun Abduvali Rajabovdan prem’era: «Sog’inar»!!!
Iste’dodli xonanda, «Nihol» Davlat mukofoti sovrindori Abduvali Rajabov yana bir yangi qo’shiq kuyladi va mazkur qo’shiqni bugun prem’erasini «O’zbegim taronasi» radiosida o’tkazishni rejalashtirgan. Siz mazkur qo’shiqni ilk tinglovchisiga aylanish imkoniyatiga egasiz.
Bugun 2013-yil 19-noyabr kuni soat 18:20da FM 101 to’lqinidan o’rin olgan «O’zbegim taronasi» radiosida xonanda Abduvali Rajabovning yangi «Sog’inar» deb nomlangan qo’shig’i prem’erasi bo’lib o’tadi. O’tkazib yubormang!!! «Sog’inar» taronasi musiqasi va so’zi Alisher Tayr ijodidan, aranjirovka muallifi esa Jasur Badalboevdir. Ma’yus ohangda ijro etilgan ushbu taronaga tez orada klip ham suratga tushirilishi rejalashtirilgan. Kuni kecha mazkur klip borasida Abduvali Rajabov Yodgor Nosirov bilan kelishib oldilar. Demak, yangi taronaga yaqin orada klipni ham qarshi olishimiz mumkin.