Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Botir Yaminovning «Ilk muhabbat»ini qachon ko’ramiz?
12 Okt, 2013

Botir Yaminovning «Ilk muhabbat»ini qachon ko’ramiz?

Botir Yaminov - Ilk muhabbatYosh xonanda Botir Yaminov o’z ijodiy faoliyatini davom ettirgan holda, ketma-ket yangidan yangi qo’shiqlar kuylashda davom etmoqda. Asta-sekinlik bilan el nazariga tushayotgan Botirning navbatdagi qo’shig’i «Ilk muhabbat» deb nomlangan bo’lib, unga klip ham suratga olindi.

Botir Yaminovning «Ilk muhabbat» nomli yangi qo’shig’i musiqasi va aranjirovkasi Ahmad Hojimatov tomonidan tayyorlangan, so’zlari muallifi esa Xurshida Alieva. Ushbu qo’shiqqa ishlangan klip rejissori sizlarga juda ham yaxsi tanish bo’lgan klipmeyker Yodgor Nosirov hisoblanadi. Klip suratga olish ishlari Toshkent shahrida bo’lib o’tdi. 3 kun davom etgan suratga olish ishlari jarayonida tushirilgan fotosuratlar esa portalimiz orqali siz azizlarga havola etilmoqda.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 393 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *