Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Botir Yaminov nikoh oqshomidan fotoreportaj!
3 Sen, 2014

Botir Yaminov nikoh oqshomidan fotoreportaj!

Botir Yaminov nikoh oqshomiKecha, ya’ni 2014-yilning 2-sentyabr kuni «Yakkasaroy» restoranida o’zbek estradasi xonandasi Botir Yaminov va Nigoraxonlarning nikoh oqshomlari bo’lib o’tdi. Haqiqiy yulduzlar yog’dusi ostida o’tgan ushbu nikoh kechasida biz ham mehmon bo’lib qaytdik.

O’zbek shou-biznesida faoliyat yurituvchi ijodkorlarning birortasining to’yi bo’ladigan bo’lsa, bu to’y emas, haqiqiy konsertga aylanishi hech kimga sir emas. Mana shunday konsertga xos nikoh to’yi Botir Yaminov hamda Nigoraxonlarning visol kechasida bo’lib o’tdi. Nikoh oqshomida suxandonlik vazifasi Davron Kabulov hamda Roksanalarga topshirildi. Boshlovchilar visol kechasini ochiq deb e’lon qilganlaridan so’ng, ketma-ket yulduzlar yog’dusi birin-ketin tashrif buyura boshlashdi. Yulduz Usmonova, Izzat Ibragimov, Shahzoda, Alisher Fayz, Ulug’bek Rahmatullaev, «Bojalar» guruhi, Tohir Usmonov, Manzura, Sardor Rahimxon, Umidaxon, Oybek va Nigora, Gulchehra Sa’dullaeva, Muqaddas Sa’dullaeva, Shahzoda Muhammedova, Yoqubbek Qudratov, Akmal Mirzo, Umid Iskandarov, Ziyoda, Muhammadali Iskandarov, Narimon Sultonxo’jaev, Farruh Ahmedov, «Dizayn» jamoasi va yana boshqa ko’plab el-yurt tanigan ijodkorlar ushbu nikoh oqshomida mehmon bo’ldilar. Kelgan mehmonlardan video tabrik olish vazifasi esa yosh aktyor Asqar Hikmatovga ishonib topshirilgan edi. Xullas, nikoh oqshomi haqida gapirsak gap juda ko’p. Yaxshisi sizlarga fotosuratlarni taqdim etamizda, fotosuratlar qolganini sizga so’zlasin!!!

Quyida siz azizlar uchun nikoh oqshomida hamkorimiz fotosuratchi SherKarim tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 798 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *