Botir tug'ilgan kunini nishonladi!
Estradamizning eng yosh xonandalaridan biri Botir, may oyining ettinchi sanasida o'zining navbatdagi yoshini qarshi oldi. Ushbu munosabat bilan Botir san'atimizning bir qator yulduzlariga dasturxon yozdi. Estradamiz erkatoyi Botir tug'ilgan kunini poytaxtimizning ajoyib restoranlaridan birida nishonlab berdi.
Botirni qutlagani Zebo Navro'zova, Shohruhxon, Rustam Sa'diev, Manzura, Fayoz guruhi, Shahriyor, Olimxo'ja Azimov, Yakzon, Daler va portalimiz rahbari Mirtohir Mirg'ulomovlar tashrif buyurishdi. Kechani mehmon xonandalar ajoyib kuy-qo'shiqlari bilan yanada boyitdi. Shu bilan birgalikda Botir ular bilan esdalik uchun suratga tushdi. Biz sizning hukmingizga ushbu suratlardan ayrimlarini taqdim etamiz.