Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Iyul, 2010

«Bolalik sharafiga» hayriya bali o'tkazildi…

Fond ForumJoriy yilning 1 iyul kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida joylashgan «Yapon bog'i»da yillik «Bolalik sharafiga» hayriya bali o'tkazilib, uning asosiy maqsadi – onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy-hayriya loyihalarni rivojlantirish uchun mablag' to'plash, bolalarning ijodiy iqtidorlarini kashf qilish va qo'llab-quvvatlashdir…

Bal mobaynida hayriya kimoshdi savdosi tashkil etilib, unda o'zbek estrada yulduzlari Rashid Xoliqov va Shahriyor, «Yeva» hamda «Madina» do'konlari, shuningdek, balning asosiy tashkilotchisi bo'lgan Gulnora Karimovaning lotlari kimoshdi savdosiga qo'yildi. Bu yilgi auksiondan tushgan mablag' «Ayollar kengashi» RJB tomonidan O'zbekiston Maxsus Olimpiadasi, UNDP va UNICEF ko'magida o'tkaziladigan «Tinchlik kuni» loyihasini amalga oshirish uchun sarflanadi. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalarni qo'llab-quvvatlash uchun o'tkaziladigan ushbu tadbir 2010 yil 21 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Hayriya bali «Ayollar kengashi» Respublika jamoat birlashmasi tomonidan «Fond Forum», «Bella Terra», «Jannat Makon», «Baby Terra» jurnallari, «TVM» telekanali, Toshkent shahar hokimiyati ko'magi ostida o'tkazildi.
Loyihaning ahamiyati shundan iboratki, tushgan mablag'larning barchasi ijtimoiy zaif bolalarga, ularni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishga sarflanadi. 2008-2009 yillari o'tkazilgan ballar natijasi o'laroq «Ayollar kengashi» RJB butun mamlakatimiz bo'ylab 52 ta bolalar uylariga maktab anjomlari, sport va issiq kiyim-bosh, qishki poyabzal, maishiy texnika va oziq-ovqatlar topshirdi. Hammasi bo'lib loyiha doirasida 3 ming nafardan ortiq bolalar qamrab olindi.

Ushbu Hayriya bali davomida to'plangan mablag'lar quyidagilarga sarflanadi:
– Toshkentdagi poliomielit bilan kasallangan bolalar maxsus Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini qo'llab-quvvatlash;
– Eshitish va so'zlash tizimida yetishmovchiliklar mavjud bolalar uchun maxsus «Qo'l bilan gpiruvchilar» hayriya jamg'armasini qo'llab-quvvatlash.

Bu yili loyiha bolalar va ota-onalarga nafaqat mehmon bo'lish, balki tadbirning bevosta ishtirokchisiga aylanish imkonini berdi. Shu tariqa 3 dan 15 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun quyidagi tanlovlar o'tkazildi: «Uslubli bolalar», «Disko raqqosi», «Men kuylay olaman!», «Men-muxbirman», «Men-ko'zbo'yamachiman», «Biz chizamiz», «Men-fotomodelman». Bal davomida tanlovlarga tayyorgarlik ko'rishga aktyorlik mahorati mutaxassislari, xoreograflar, ko'zbo'yamachilar, estrada yulduzlari, «Kelajak ovozi» YOTM faollari yordam berishdi. Tadbirda taniqli estrada yulduzlaridan Sardor Rahimxon, Rashid Xoliqov, Ziyoda, Shahriyor, Samandar, Rayhon kabilar ishtirok etishdi.
Shuningdek, bal davomida barcha ishtirokchilar, ularning ota-onalari, tashrif buyurgan mehmonlar va OAV xodimlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Ularga bepul noz-ne'matlar va turli xil ichimlar berildi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 72 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *