Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Bolalik sharafiga» hayriya bali a’lo kayfiyatda o’tdi!
2 Iyun, 2013

«Bolalik sharafiga» hayriya bali a’lo kayfiyatda o’tdi!

Bolalik sharafigaFond Forum, «Ayollar kengashi» RJB va hamkor tashkilotlar tomonidan 1 iyun — Bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlab o’tkazilayotgan turkum tadbirlarni «Bolalik sharafiga» hayriya bali boshlab berdi. Bolalarning eng orziqib kutgan bayrami 31 may kuni poytaxtimizdagi Yapon bog’ida bolalar va ularning ota-onalari ishtirokida quvnoq musiqa va raqslar, multfilm va ertaklar qahramonlari, mashhur aktyor va xonandalar, kutilmagan sovg’alar bilan ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.

Bayramning jajji mehmonlari turli ijodiy bekatlarda o’z qobiliyatlarini namoyon etish bilan bir qatorda xayrli ishga ham hissa qo’shishdi, desak mubolag’a bo’lmas. «Bolalik sharafiga» xayriya balidan tushgan mablag’larning barchasi onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy-xayriya loyihalarini rivojlantirishga qaratiladi. Bal bolalar va o’zbek estradasi yulduzlarining konserti, Googooshaning «Yonimda bo’ling» taronasi prem’erasi, loyiha muallifi Gulnora Karimovaning bayram qatnashchilariga iliq tilaklari bilan yakunlandi. Tadbir jarayonidan fotosuratlar quyida keltirilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 185 ta o'qildi | 4 izohlar.

COOL.SB.uz -

4 Izohlar

  1. savol; почему УЛУГБЕКА РАХМАТУЛЛАЕВА нет на фотографиях?????Если можно на других мероприятиях поставьте фото УЛУГБЕКА РАХМАТУЛАЕВА..можно???????

  2. Savol: nega sayt voqea va tadbirlar batafsil yoritilmaydi faqat ma`lumot berib o`tib ketiladi rasm videolar ham yo`q. Balki bu saytni o`ziga xos uslubidir lekin maqolalarda voqealar kengroq qilib yoritilsa manimcha zo`r bo`lardi?

    • Taklifni inobatga olib qo’yamiz…

  3. Ozgina kech qolgan bo`lsada maqola uchun rahmat bu Gulnora Karimovaning eng begùbor va yoqimli havasing keladigan ajoyib loyihalaridan biri. lekin tadbirdagi ko`p s`nàtkorlar bor edi rasmlarda ularni ayrimlari holos!

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *