«Bolalarga quvonch ulash» hayriya konsertidan…
2010-yilni yurtboshimiz tomonidan «Barkamol avlod yili» deb e'lon qilinishi hamda 1-iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, 2-iyun kuni poytaxtimizda joylashgan shaxar Gematologiya qon quyish markazida shu yerda davolanayotgan bolalar uchun «Bolalarga quvonch ulash» dasturi doirasida hayriya konserti bo'lib o'tdi.
Ushbu konsertda estradamizning ko'plab namoyondalari, jumladan Ilhom Farmonov, Sirojiddin, Ruxshona, Manzura, Dineyra, Davr guruxi, Saidxon va boshqalar ishtirok etishdi. Konsert dasturini tashkillashtirishda bizning SB.UZ portali, O'zbegim taronasi radiosi hamda ko'plab insonlar jonbozlik ko'rsatishdi. Albatta yulduzlarimizning o'z vaqtlarini ayamagan holda konsertga tashrif buyurishlariga aloxida tashakkur aytib o'tishimiz joizdir. Zero ana shunday hayriya konsert dasturlari sababli uzoq muddat davolanayotgan insonlar qalbida umid uchquni yanada porlasa ajab emas.