Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Bolalar shou 2015»dan fotoreportaj!!!
8 Mart, 2015

«Bolalar shou 2015»dan fotoreportaj!!!

Bolalar shou 20152015-yilning 7-8 mart kunlari «Istiqlol» san’at saroyida o’zbek estradasida o’z o’rniga ega bo’lgan, afsonaviy «Bolalar» guruhining navbatdagi konsert dasturi bo’lib o’tdi. Tohir Sodiqov va «Bolalar» guruhi ijod olamiga kirib kelganlariga bu yil 25 yil bo’ldi. Mana shu munosabat bilan o’tkazilgan konsert dasturida Yura Shatunov ham mehmon bo’ldi.

Konsert dasturi 3 qismga bo’lindi. Dasturning ilk qismida Tohir Sodiqov konsertni ochib berdi, so’ngra birin-ketin mehmon xonandalar o’z kuy qo’shiqlari bilan chiqish qilishdi. Jumladan, Javohir Zokirov, «Bojalar» guruhi, Javohir Sodiqov, Jasur G’oyipov hamda Ruslan Sharipov o’zining ajoyib taronalari bilan konsert zalga tashrif buyurganlarni xushnud etdilar. So’ngra esa, Rayhon bilan birgalikda Tohir Sodiqov o’z duetlarini kuylashdi. Keyin Tohir Sodiqov chamasi 1 soatlik dastur bilan tashrif buyurgan muxlislarni xushnud etdi. Tohir Sodiqovdan so’ng, Yura Shatunov ham o’zining eng ommabop va yangi taronalarini kuylab, ko’pchilikni shirin hotiralar og’ushiga olib ketdi. Konsert dasturida boshlovchilik qilish vazifasi Otabek Mahkamov hamda Javohir Zokirovga topshirildi. Bu ikki ijodkor ajoyib tarzda konsertni olib bordilar, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchilari G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 076 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *