Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Bolajonlar uchun Lolani sovg’a qilishdi!!!
23 Noy, 2014

Bolajonlar uchun Lolani sovg’a qilishdi!!!

Lola Yunisef2014 yil 20 noyabr kuni Toshkent shahrida BMTning O’zbekistondagi bolalar fondi «YUNISEF» tomonidan bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda O’zbekistondagi «Sog’lom bola» yiliga hamda bolalar huquqlari bo’yicha konvensiyaning 25 yilligiga bag’ishlangan bayramona tadbir uyushtirildi.

Mazkur bayramona tadbir bolalarga bag’ishlangan bo’lib, bolajonlar shu kuni haqiqiy bayramga guvoh bo’lishdi. Bolajonlar uchun homiylar tomonidan turli sovg’alar ulashildi. Bolajonlarga atalgan eng katta sovg’a esa Lolani tashrifi bo’lgan bo’lsa ajab emas. Lola bolajonlar bilan suhbat qurdi, o’ynadi va o’z qo’shiqlarini ijro etib berdi. Lola shunday deydi: «Agarda mening qo’shiqlarim sizning qalbingizda iliqlik uyg’otayotgan bo’lsa, agar tomchidek bo’lsada sizlarga mehr-muhabbatga ishonch, umid bera olayotgan bo’lsa, agarda men zarracha bo’lsada yaxshi ishlarga o’z xissamni qo’sha olayotgan bo’lsam, u holda mendan baxtli odam yo’q».


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 504 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *