«Bojalar»ning konsertida Oybek va Nigora!
25-26 may kunlari muhtasham «Istiqlol» san'at saroyida «Bojalar» guruhi o'zining «Bekorchimasman» deb nomlangan navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim qildi. Ushbu konsert dasturida Oybek va Nigora dueti munosib ishtirok etdi…
Oybek va Nigora konsert dasturida saroyga yig'ilgan tomoshabinlar uchun eksklyuziv ravishda yangi yaratgan «To'xtama» nomli taronasini taqdim qilishdi. Ushbu qo'shiqning so'zini Oybekning o'zi yozgan bo'lsa, musiqasini Botir Aliev bastalagan. Qo'shiq sho'x ohangda yaratilgan va hozirda klip g'oyasi ustida ish olib borilmoqda. Eslatib o'tish joizki, hozirda Oybek va Nigora dueti «Tarona Rekords» kompaniyasi hamda Alisher Majidxo'jaev prodyuserligi ostida ijod qilishmoqda. Hozir esa konsert dasturidan eksklyuziv fotosuratlarni havola qilamiz.