Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Avg, 2006

“Bojalar”dagi Jahongirni tunab ketishdi…

Jahongir Poziljonov“Bojalar” guruhi vakili Jahongirni tunab ketishdi. Aniqroq qilib aytganda, uning mashinasiga o’g’ri tushdi. Biz bu xabarni eshitishimiz zahotiyoq, xonanda bilan bog’lanishga shoshildik. Bu xabarni tasdiqlagan Jahongir shunday deydi:
- Ish bilan mashinamni ko’chada qoldirgan edim. Mashinam eshigini yaxshilab qulflamaganman shekilli o’g’ri osonlik bilan mashinamga kirgan. Va bardachokdagi ko’p miqdordagi pulni o’margan. Binodan chiqishim bilan o’sha o’g’ri qochib qoldi. Yaxshi ham mashinamdan boshqa hujjat va buyumlarni olmabdi. Shundan so’ng, o’g’rini topa olmadim. Ana shunaqa gaplar. Hamkasblarimga va barcha haydovchilarga ogohlikni hech qachon yoddan chiqarmasliklarini aytib qolaman. Ogohlik – davr talabi! Ogoh bo’ling sizni ham tunab ketishmasin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *