Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
«Bojalar shou 2015»ning ilk kunidan fotoreportaj!!!
12 May, 2015

«Bojalar shou 2015»ning ilk kunidan fotoreportaj!!!

Bojalar shou 2015

SB.uz portali ijodiy jamoasi bugun «Istiqlol» san’at saroyida bo’lib o’tgan «Bojalar shou 2015″ konsert dasturiga tashrif buyurdi. Bu albatta bugun mazkur konsert dasturidan eksklyuziv fotoreportajni qarshi olishingiz mumkin degani! Shunday ekan, agar tayyor bo’lsangiz boshlaymiz!!!

«Bojalar» guruhining ashaddiy muxlislari uchun «Kabulov Group» tomonidan taqdim etilgan unutilmas shou konsert dasturini miriqib tomosha qilishdi. Kreativ dunyoqarashga ega bo’lgan Davron Kabulov va uning jamoasi konsertning reklamasidan boshlab, kreativ qadam tashlashdi. Konsert dasturining boshida go’yoki Jahongir Poziljonovning konsert zal yuqorisidan tushib ketishini uyushtirish ham, hech kimning hayoliga kelmasa kerak. 20dan oshiq qo’shiqlar bilan boyitilgan mazkur konsert dasturida Ziyoda, Ulug’bek Rahmatullaev, Shohruhxon va Shahzoda bilan kuylangan duetlar ham jarang sochdi. Konsert davomida Tohir Sodiqovning «Bojalar» guruhi qo’shiqlaridan birini ijro etib chiqishi esa mutlaqo kutilmagan hol bo’ldi. Ba’zi qo’shiqlar teatrlashtirilgan sahna ko’rinishi bilan ham keng omma hukmiga havola qilindi. Sahna ko’rinishlarining birida Halima Ibragimova ham namoyon bo’ldi. Kayfiyatni ko’taruvchi, sho’x taronalar bilan bir qatorda biroz o’ylantiruvchi, dardli taronalar ham Jahongir Poziljonov tomonidan ijro etildi. «Gap yo’q» triosining yangi yumoristik chiqishi esa zalda o’tirgan barcha muxlislarni miriqib kulishlariga sababchi bo’ldi, desak hech ham mubolag’a bo’lmasa kerak. Konsertning birinchi kunida mehmon san’atkorlar safida Rayhon, Oybek va Nigora, Sardor Rahimxon, Zebo Navro’zova, Umidaxon, Farruh Ahmedov, «Afruz» guruhi, Farhod Saidov kabi yulduzlarni ko’rishingiz mumkin edi. Ertaga konsertning ikkinchi kuni! Agar siz bugun tusha olmagan bo’lsangiz, ertaga albatta konsertga tashrif buyuring. Aks holda afsuslanib qolishingiz mumkin!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 7 506 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Добавить комментарий для Islomjon Отменить ответ

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *