Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 May, 2006

"Bojalar" nomli mineral suv!!!

BojalarBunaqasi bo’lishi mumkin emas deyishingiz mumkin. Lekin, bu ayni haqiqat! Endilikda siz «Bojalar» guruhi ijrosidagi qo’shiqlarni tinglab, ularga ishlangan kliplarni tomosha qilibgina qolmay, balki mineral suvlarini ham tatib ko’rishingiz mumkin. Odatda biz chet el yulduzlari nomi bilan atalgan turli zargarlik buyumlari, atirlar, material va gullarni eshitardik. Biroq, aynan mineral suv «Bojalar» deb nomlanishi bir oz ajablanarli hol. Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish mumkin-ki ushbu mineral suv «Bojalar ich ovsinlarga oshno bo’l!» shiori ostida chiqariladi. Keyingi haftadan sotuvga chiqarilishi mo’ljallangan «Bojalar» mineral suvi 1 va 1,5 litrlik ko’rinishida chiqadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 87 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *