Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Okt, 2009

«Bojalar» guruhining yangi konsert dasturi…

Bojalar guruhi«Bojalar» guruhining yakkaxon xonandasi Jahongir Poziljonov hozirda sermahsul ijod qilmoqda. Ayniqsa, «Xalima xolaning 9 ta qizi» nomli taronasi va unga ishlangan klip barchaga manzur bo’ldi. Shuningdek, Jahongir Poziljonov «O’qituvchi» nomli yangi kino kartina ustida ishlayotgani haqida xabar berdi. Darvoqe, «Bojalar» guruhining yangi yakkaxon konsert dasturi kunlari ham aniq bo’ldi… Qachon deysizmi?…«Bojalar» guruhining yangi yakkaxon konsert dasturi «G’animatmiz» deb nomlanib, u joriy yilning 28-29 noyabr kunlari muhtasham »Istiqlol» san’at saroyida taqdim etiladi. Nima sababdan «G’animatmiz» deb nomlandi deb Jahongirga murojaat qilganimizda, u «Bu dunyoda hamma bir — biriga g’animat. Vaqt borida qo’ldan kelganicha yordamni ayamaslik kerak»,-deya javob berdi. Konsert dasturida Oybek & Nigora va Ziyoda qatnashishi kutilmoqda. Yaqin orada konsert dasturi haqidagi eksklyuziv ma’lumotlarni taqdim qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 117 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *