Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Iyul, 2009

«Bojalar» guruhining so’nggi taronasi…

Bojalar29 iyun kuni estrada olamida o’z o’rni va mavqeiga ega guruhlardan biri »Bojalar» avtohalokatga uchrab, guruh a’zosi Mo’min Oripov erta vafot etgani haqida ko’p xabar berdik. Bugun yana bir bor Mo’minni xotirlab, Jahongir, Javlon va Shahzodlarga shifo tilagan holda «Bojalar» guruhining eng so’nggi taronalarining so’zlarini taqdim qilamiz…

«Bojalar» guruhining so’nggi taronasi bu «Achchiq hayot» filmiga ishlangan saundtrekdir. Qo’shiqning so’zini yosh shoirlardan biri Timur yozgan.

BOJALAR: «Achchiq hayot» filmiga saundtrek

Senga bera olganim, faqatgina shu azobdur,
Bu dunyoda topganim, bir parchagina matodur.
Balki uchrasharmiz, yuz yildan keyin osmonlarda,
Sen oppoq libosda men esa bilmayman, qay holda.

Sen kechir, kechir meni sevib asrolmadim seni,
Sen kechir, kechir meni baxtli qila olmadim seni.
Bugun qalbim g’am xona, borar joyim harob xona,
Bo’lolmadik ota-ona, buzildi hayot nachora.

Sen kechir, kechir meni sevib asrolmadim seni,
Sen kechir, kechir meni baxtli qilolmadim seni.
Balki uchrasharmiz, yuz yildan keyin osmonlarda,
Sen oppoq libosda men esa bilmayman, qay holda.

Biz uchun hayot go’zal edi kunlarimiz baxtli,
Osmonga uchding go’zal, men yomonning sababli.
Balki uchrasharmiz, yuz yildan keyin osmonlarda,
Sen oppoq libosda men esa bilmayman, qay holda.

Sen kechir, kechir meni sevib asrolmadim seni,
Sen kechir, kechir meni baxtli qila olmadim seni.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 162 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *