Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Iyun, 2009

«Bojalar» guruhining so’nggi fotosurati!

Bojalar Tojikistonda!Hozirgina bizga «Bojalar» guruhining Tojikiston Respublikasida tushgan eng so’nggi fotosuratlaridan birini taqdim etishdi. Mazkur fotosuratni sizga havola qilishga qaror qildik. 28 iyun kuni Dushanbe shahrida tahminan soat 12:50 atrofida tushirilgan fotosurat.

«Bojalar» guruhini Tojikistonga Vahdat bayrami munosabati bilan Milliy birlashuv kuniga taklif qilishgan va ular 27 iyun kuni u yerga yetib borganlar. U yerda 28 iyun kuni Dushanbe shahrida joylashgan Sirk binosida soat 13:00da hamda Tursunzoda shahrida (Regarda) soat 17:00da yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etishgan. Har ikki konsert dasturda muxlislar «Bojalar» guruhini katta olqishlar ila qarshi olishgan va ko’tarinki kayfiyat bilan konsert dasturlarni yakunlashgan.

Bojalar Tojikistonda!

(P/S: Mazkur ma’lumotlarni bizga sobiq «SaMRaS» guruhi a’zosi Suhrob Rahimov taqdim etdi. Yetkazilgan aniq ma’lumotlar uchun unga tashakkur bildiramiz. Suhrob ayni damda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida hizmat qilmoqda va konsert dasturlari jarayonida «Bojalar» guruhi bilan birga bo’lgan.)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 210 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *