Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Mart, 2010

«Bojalar» guruhining navbatdagi konserti…

Bojalar«Bojalar» guruhining Sardor Rasulov hamda Rustam Jamolovlar tomonidan suratga olingan «Chang ko'chalar» klipi efirga uzatilganiga hali ko'p bo'lmagan bo'lsada, guruh ijodkorlari navbatdagi «Oligarx» deb nomlangan qo'shig'i uchun klip suratga olishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

«Bojalar» guruhining ma'muri Javlon Shodmonov bilan bog'langanimizda, yangilik yaratishdan tolmaydigan guruh solisti Jahongir Poziljonov shu kunlarda o'zining navbatdagi «Bekorchi» deb nomlangan kinokomediyasi ustida ishlayotganini ta'kidlab o'tdi. «Filmning premeyrasi may oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Aynan mana shu may oyining oxirlarida esa «Bojalar»dan «Istiqlol» san'at saroyida konsert dasturining berilishi ham ko'zda tutilgan», deydi, Javlon Shodmonov biz bilan suhbat chog'ida.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 126 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *