Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Mart, 2013

Bizning yangi hamkorimiz: GiO Communication!

GIOSB.uz portali o’z hamkorlari safini doimo kengaytirib boradi. Bu yangilik emas albatta. Mana bizning hamkorlarimiz safi kuni kecha yana bittaga ko’paydi. «GiO communication» reklama kompaniyasi bilan SB.uz portali endilikda hamkorlik faoliyatini olib boradi. O’zbek estradasi yulduzlari yuqori sifatli monitorlarda o’z kliplari va reklamalarini «Mega Planet» majmuasida namoyish etishlari mumkin.

Qanday qilib deysizmi? Juda ham oson. Buning uchun bizga yoki bo’lmasa «GiO communication» kompaniyasiga murojaat etsangiz kifoya. «Mega Planet» savdo majmuasining 4-qavatida «GiO communication» o’zining yuqori sifatli LCD monitorlarini o’rnatgan bo’lib, endilikda yulduzlarimiz ham aynan mana shu yuqori sifatli monitorlarda o’z kliplarini yoki bo’lmasa reklama roliklarini taqdim etishlari mumkin. Ayni kunlarda, kechadan boshlab SB.uz portalining 2013 yilda tayyorlagan Shahzoda, Tohir Sodiqov, Rayhon, Sardor Rahimxon, Manzura, Ulug’bek Rahmatullaev, Ziyoda, Rashid Xoliqov, Samandar, Nilufar Usmonova, «Benom» guruhi kabi eng mashhur yulduzlarimiz ijrosidagi yangi madhiyasiga ishlangan videoklip mazkur monitorda namoyish etilmoqda. Monitor hajmi 3,1×1,75 metrni tashkil qiladi. «Mega Planet»ning 4 qavatida kuniga kamida 6000-7000 tashrif buyuruvchilar ushbu monitor orqali namoyish etilayotgan videokliplar va videoroliklarni tomosha qilishlari mumkin. Bunday qulay imkoniyatni qo’ldan boy bermang aziz shou-biznes vakillari. Bu sizlar uchun ayni muddao. O’z filmlaringiz treylerlari, konsert dasturlaringiz reklamalari, kliplaringiz va barcha turdagi videomahsulotlaringizni mazkur monitorda sifatli tarzda namoyish etishga shoshiling. Mazkur monitorlarda o’z videomahsulotingizni namoyish etish uchun (+99893) 3984376 telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 219 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *