Bir soniya ham ijoddan to'xtamadi!
Bir necha o'n yillardan beri qo'lini ko'ksiga qo'yib xalq xizmatida va turli davlat tadbirlarida munosib ishtirok etib kelayotgan Mirodil Hakimov shu kunlarda ketma-ket yangi taronalar yozish bilan band…
Ancha vaqt TV va radio to'lqinlari orqali ko'rinmayotgan bo'lsada, lekin ijodda tinmadi. Shu kunlarda xonanda «Sevgiga kim bo'lmas duchor», «Biz keldik» deb nomlangan qo'shiqlarini taqdim qilib kelmoqda. So'nggi yaratgan «Armonli sevgi» taronasi esa ancha omadli chiqqani bois unga hozirda klip suratga olish niyatida. Mirodil Hakimov Omadoy she'ri, Shuhrat Uzoqov musiqasi bilan yaratilgan ushbu taronasini tez kunlarda FM to'lqinlari orqali tinglashingiz mumkin bo'ladi.