Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Dek, 2011

Bir qator yulduzlarning yangi yil sovg'asi!

Yangi yil sovg'asiHa demay, yangi yil ham kirib keladi. Mana shu o'tayotgan yil bilan hayrlashib, yangi kirib kelayotgan yilni qarshi olish arafasida estradamizning bir qator yulduzlari yangi yil sovg'asini muxlislar uchun taqdim etish taraddudida. Odil To'laganov, Zarina Nizomiddinova, Umar Shamsiev, Shahzoda Muhammedova hamda «Zamon» guruhi a'zolari yangi yilga bag'ishlangan yangi qo'shiqlarini yozib tugatdilar va bu qo'shiqqa klip ham tasvirga tushirdilar.

Yangi yil tabrigini qo'shiq ko'rinishida keng ommaga havola qilish juda ham yoqimli. Mana bugun barcha xonandalar yangi yil uchun alohida tayyorgarlik ko'rmoqdalar. Yuqorida nomlari zikr etilgan xonanda va aktrisalar ham muxlislarni shu yo'l bilan muborakbod etish niyatidalar. «Yangi yil» deb nomlangan qo'shiq musiqasi Shohruh Jo'raev («Zamon» guruhi) hamda Odil To'laganov ijodiga mansub, so'zlarini esa Ibrohim Jiyanov yozgan, aranjirovka muallifi esa Nasrullo Mamtxonov. Ushbu qo'shiqqa ishlangan klip kelayotgan yil — «Mustahkam oila yili»ga bag'ishlangan lavha va voqealar bilan boyitilgan. Marhamat, klipni tasvirga tushirish jarayonida tushirilgan fotosuratlardan bahramand bo'ling!

 

Yangi yil sovg'asi

Yangi yil sovg'asi

Yangi yil sovg'asi

Yangi yil sovg'asi

Yangi yil sovg'asi

Yangi yil sovg'asi

Yangi yil sovg'asi

Yangi yil sovg'asi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 132 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *