Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Sen, 2007

«Bir juft yurak» klipining yaralish tarixi

O’zbek estrada namoyondalari tomonidan shu kungacha ko’plab videokliplar suratga olingan va muxlislar hukmiga havola etilgan. Ushbu kliplar orasida yurakka yaqinlari juda ham ko’p. Ana shunday dilga yaqin kliplardan biri bo’lmish Abduvali Rajabovning «Bir juft yurak» klipi suratga olish jarayoni haqida batafsil yoritib o’tsak.

Klip olinish jarayonini yoritish maqsadida biz Abduvali Rajabovning prodyuseri bo’lmish Dilmurod G’ulomovga murojaat qildik va ular bizga «Bir juft yurak» klipi haqida batafsil so’zlab berdilar. «Bir juft yurak» taronasi tayyor bo’lgach, klip olish niyatida tayyorgarlikni boshlab yubordik. Tayyorgarlik 2 oy davom etdi va uzoq tayyorlanishdan so’ng klipni 6 kun davomida suratga tushirdik. Suratga olishda eng qiyin jarayonlardan biri bu Toshkent Metropolitenida va metro vagoni ichida bo’ldi, desak aslo hato bo’lmaydi. Zero, metropolitenda suratga tushirishga ruxsat olishni o’zi bo’lmagan. Qolgan ishlar Sharqshunoslik instituti kutubxonasida va bir necha shaxrimiz kafelarida olib borildi. Suratga olish ishlari yakunlangach, montaj jarayoni 1 haftacha davom etdi. Ushbu jarayondan so’ng klip muxlislarga taqdim etildi.

Ana shunaqa… 1 dona klip uchun qanchadan qancha mehnat va jonkuyarlik… O’ylaymizki, Abduvali Rajabov bundan keyin ham ajoyib va dilga yaqin kliplarni muxlislarga tuhfa etishdan to’xtamaydilar.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *