Bir duet tarixi…
Shu kunlarda yosh xonandalardan biri Iskander «On i ona» deb nomlangan yangi qo'shiq yozdi. Bu qo'shiqni Iskander sobiq «Sideriz» guruhining a'zosi Zarina Titeev bilan kuylagan. Zarina 2009 yilda Rossiyaning Oryol shahrida o'tkazilgan Xalqaro estrada san'ati festivalida laureat bo'lgan edi…
Iskander va Zarina ijrosidagi «On i ona» qo'shig'ining so'zi va musiqasini Zarinaning o'zi yozgan. Sobiq «Sideriz» guruhi Iskanderning eng sevimli guruhlaridan biri bo'lgan. Iskander Zarina Titeeva san'atga qaytganini va shunday katta muvaffaqiyatlarga erishganini bilgach, u bilan duet kuylash haqida o'ylab qolgan edi. Shundan so'ng Iskander Zarinani internet tarmog'i orqali qidirib topib, «Tarona Rekords» studiyasida uchrashishdi va yangi duet dunyoga keldi. Bu qo'shiqni tez orada FM to'lqinlari orqali tinglashingiz mumkin.