Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Fev, 2009

Bilasizmi?… Yangi loyiha!

Bilasizmi?SB.uz portali aziz muxlislarini yulduzlar bilan yanada yaqinroq qilish maqsadida yangi bir kichik loyihaga qo’l urdi. Unga ko’ra biz sizni o’zbek shou-biznesi yulduzlarining siz bilgan va bilmagan ma’lumotlari bilan tanishtirib boramiz. Loyiha «Bilasizmi?» deb nomlanadi. Demak, loyihamizning ilk soni sizning e’tiboringizda!!!

Bilasizmi? «Super kelinchak» filmidagi bosh qahramon «kelin» obrazini qoyilmaqom qilib ijro etgan aktrisa Diana Yagofarova «O’zbekiston» mehmonxonasida model sifatida faoliyat yuritadi. Bu ma’lumot sizni hayratga solgan bo’lsa ajab emas.

 

Diana Yagofarova

Diana Yagofarova

Bilasizmi, yosh xonanda Diyoraning asl ismi Kamola Arslanovadir. Diyora ismi esa shunchaki taxallus qilib olingan. Aniq ma’lumotlarga qaraganda u mashhur aktyor Hoshim Arslonovning jiyani hisoblanadi. Balki unga amakisidan iste’dod yuqqandir.

Diyora

So’nggi paytda rejissor Bahrom Yoqubovning filmlarida bosh qahramon obrazini talqin qilayotgan aktyor Adiz Rajabov haqidagi aniq ma’lumot! Bilasizmi, Adiz Rajabov asli Buhorolik bo’lib, Toshkentdagi 3 ta do’sti bilan ijarada turadi. Undan tashqari Adiz poytaxtimizda joylashgan Minor metro bekati to’g'risida joylashgan Internet klubni ham o’zi boshqaradi.

Adiz Rajabov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 183 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *