Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
«Benom» konsertida barcha qo’shig’ini jonli kuyladi!!!
16 Fev, 2017

«Benom» konsertida barcha qo’shig’ini jonli kuyladi!!!

Benom 2017 konsertO’zbek estradasining yorqin guruhlaridan biri bo’lgan «Benom» guruhi vakillari Sarvar va Komil 15-16 fevral kunlari o’zlarining ilk yakkaxon konsert dasturlarini muxtasham «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etdi. Mana shu konsert dasturining ikkinchi kunidan tayyorlangan foto va videoreportajni tomosha qiling!

Mana 7 yildan buyon «Benom» guruhi o’zining mazkur yakkaxon konsert dasturi uchun izlandilar. Natija esa bugun yomon bo’lgani yo’q. Uncha-buncha xonandalar qo’rqadigan jonli ijrodan Sarvar va Komil hech ham qo’rqqani yo’q. Ular musiqiy fonogrammadan foydalangan bo’lsalarda, qo’shiqlarning barchasini o’z ovozlari bilan, 100% jonli ijroda kuyladilar. Bu holatni ko’rib ham quvonasan, ham tasanno aytasan kishi! Ushbu konsert dasturi uchun «Benom» guruhi a’zolari bir qator maxsus musiqiy uskunalar olib keldilar. Mana shu musiqiy anjomlar yordamida bugun haqiqiy jonli ijroni mazza qilib tingladik. Albatta har bir konsertda bo’lgani kabi, bugungi konsertda ham kichik texnik nosozliklar yuz berdi. Biroq, yigitlar bu holatda vaziyatdan chiqib keta olishni uddaladilar. Bu konsert boshqalarnikidan tubdan farq qildi. Birinchidan, jonli ijro bo’lsa, ikkinchidan kino-konsert bo’ldi. Konsert dasturi bir kino ko’rinishida tuzilgan bo’lib, konsert davomida sahnaga o’rnatilgan katta monitorlar orqali konsertning kino qismi namoyish etib borildi. Har 2-3ta qo’shiqdan so’ng kinolavha namoyish etildi. Eng qizig’i mana shu kinolavhaning davomiyligi 1-1 yarim daqiqani tashkil qilib, Sarvar va Komil mana shu qisqa fursat ichida kiyimlarini ham almashtirib chiqishga ulgurdilar. Yana bir bor tasanno aytmasdan iloj yo’q. Konsert zalga tashrif buyurgan muxlislarga esa 2 hissa tasanno aytish lozim, zero ular o’z sevimli guruhlarini qo’shiqlarini shunchalik sinxron tarzda birgalikda qo’shilib kuyladilarki, ko’rib havasing keladi. Qoyil yigitlar!!! Siz buni uddaladingiz!!! Imtixondan a’lo bahoga o’tdingiz, Sarvar va Komil!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *