Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Benom» guruhi «Yog’adi yomg’ir» klipi jarayonidan fotosuratlar!!!
13 Noy, 2014

«Benom» guruhi «Yog’adi yomg’ir» klipi jarayonidan fotosuratlar!!!

Benom - Yog'adi yomg'irO’zbek estradasida o’z o’rniga ega bo’lgan guruhlar sirasiga so’zsiz «Benom» guruhini kiritishimiz mumkin. Sarvar va Komil juftligi o’zining hit qo’shiqlaridan biriga klip suratga oldirdi. «Yog’adi yomg’ir» taronasi suratga olingan yangi klip jarayonidan fotosuratlar bugun sizlarga taqdim etilmoqda.

«Benom» guruhining «Yog’adi yomg’ir» taronasiga klip suratga olish ishlari 4 kun davom etdi. Klip yoshlar hayotidan olingan bo’lib, chuqur ma’noga ega. Klipni tomosha qilar ekansiz, yakunda qanday bo’lishini tahmin qilishingiz mumkin. Biroq, sizning tahminlaringiz o’z tasdig’ini topmasa ajablanmang. Zero, «Benom Media» ijodkorlari klip yakunini kutilmagan holatda yakun topishiga qaror qilishgan. Mazkur klip ssenariy mualliflari Sarvar va Komilning o’zlari hisoblanishadi, klip rejissori esa Bahrul Qurbonov. Operator Behzod Po’latov. Montaj ustasi esa Shahzod Po’latov. Klipda Umar Bahodirov, Dinara Isalieva, Bahrul Qurbonov, Otabek Mahkamov, Feruza Sobitova hamda Mirtohir Mirg’ulomov suratga tushgan. Quyida siz azizlar uchun klipdan bir qator fotosuratlar taqdim etilmoqda.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 858 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *