Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Benom» a’lo darajada uddaladi!!!
27 Yan, 2013

«Benom» a’lo darajada uddaladi!!!

Benom - Dard albom taqdimotiMana yaqindagina «Benom» guruhining albom taqdimoti marosimidan qaytdik. Endi esa albatta ilk ma’lumotlar va fotosuratlarni siz azizlarga taqdim etishga tayyormiz. Eng avvalo «Benom»chilar o’z oldilariga qo’ygan maqsadga erishganliklari va albom taqdimotini yuqori darajada tashkillashtirishni uddalashganligi bilan muborakbod etamiz.

Taqdimotning ilk qismi «Istiqlol» saroyi yonida joylashgan «Muloqot.uz» kafesida bo’lib o’tdi. U yerda asosan Sarvar va Komilning muxlislari to’planishdi. Ular orasida jurnalistlar ham bor edi. Xullas, mana shu manzilda «Benom» guruhi o’zining albom taqdimotini birinchi qismini o’tkazib oldilar. Muxlislar va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, ulardan bir qatoriga «Dard» nomli yangi albomlarini sovg’a qildilar. Bir qator yangi qo’shiqlaridan kuylab, o’z muxlislarini xushnud etdilar.
Tadbirning ikkinchi qismi «XXX» restoranining tungi klubida bo’lib o’tdi. U yerga o’zbek estradasi va kinosining yulduzlari jamlangan bo’lib, Shahzoda, Sardor Rahimxon, Davron Ergashev, Yodgor Mirzajonov, Shahzoda Muhammedova, Adiz Rajabov, «DuTOR» guruhi, «Zarba» guruhi, «Sahro» guruhi, Manzura, Dineyra, Munisa Rizaeva, Shahriyor, Mirjamol, Nurimon Sultonxo’jaev, Muhammadali Iskandarov, Umid Iskandarov hamda boshqalarni ko’rish mumkin edi. Birma-bir tabrik so’ziga chiqqan yulduzlarimiz, tabrikka qo’shib o’z qo’shiqlaridan ham ijro etib berdilar. «Benom» guruhi yigitlari esa qo’llarini ko’ksiga qo’ygan holda barchani tabassum bilan qarshilashdi. Orada o’zlari ham mashhur taronalaridan bir qatorini kuylab berdilar. Quyida siz azizlar uchun taqdimot marosimida tushirilgan fotosuratlarni havola etmoqdamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 147 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *