Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Benom»… 26 yanvar… Yangi albom!!!
15 Yan, 2013

«Benom»… 26 yanvar… Yangi albom!!!

Benom«Benom» guruhi mana 2 yildirki o’zbek estradasida faoliyat yuritib kelmoqda. Yosh yigitlardan tashkil topgan mazkur guruh mana shu o’tgan qisqa muddat ichida yetarli darajada muxlislarga erishdi. Katta muvaffaqiyatlar qozonib, bir qator mukofotlar bilan taqdirlanishdi. Bugun yana bir ajoyib kun. «Benom» guruhining ilk albom taqdimoti kuni aniq bo’ldi!

Sarvar va Komil o’zlarining ancha kutgan albom taqdimotlarini o’tkazish uchun shay turibdilar. Yaqindagina albomning so’nggi taronasi «Senyorita» yozib tugatilgan bo’lsa, mana bugun albom taqdimoti kuni ham ma’lum bo’ldi. 26 yanvar kuni Sarvar va Komil o’zlarining ilk «Dard» nomli albomlarini keng ommaga taqdim etadilar. SB.uz portali esa mazkur albomning, qolaversa albom taqdimotining asosiy axborot ko’magi hisoblanadi. Shunday ekan biz albom taqdimoti haqida siz azizlarga kun ora qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etib borishga harakat qilamiz.
Demak, 26 yanvar kuni soat 15:00da «Istiqlol» san’at saroyi yonida joylashgan Muloqot.uz kafesida albom taqdimotining birinchi qismi bo’lib o’tadi. Bu birinchi qismda OAV hodimlari hamda bir qator muxlislar ishtirok etishlari ko’zda tutilgan bo’lib, unda OAV hodimlari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olsalar, muxlislar «Benom»ning ilk albomini dastxatlar va hattoki sovg’alar bilan qo’lga kiritish imkoniyatiga egalar. Bu hali hammasi emas. Yana bir ajoyib sovg’a bor. Muxlislar taqdimotning birinchi qismida, albom taqdimotining ikkinchi qismidan o’rin olgan yulduzlar yog’dusidan iborat bo’ladigan yopiq tarzda o’tadigan shou dasturga ham chiptalar qo’lga kiritishlari mumkin. Faqatgina eng faol va bilimdon muxlislar ajratilgan 6ta chiptani qo’lga kiritib, haqiqiy yulduzlar yog’dusiga tashrif buyurishlari mumkin. Bunday imkoniyat har doim ham bo’lavermaydi. Shunday ekan shoshiling aziz muxlislar. Albom taqdimotining ikkinchi qismi esa «XXX» restoraning tungi klubida soat 19:00da boshlanadi. Bu tadbir yopiq holda o’tkaziladi va unga faqatgina maxsus taklifnomaga ega bo’lganlar kira olishadi xolos. Taqdimot bosh hamkori Muloqot.uz sayti.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 813 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. Salom Benom guruhini sevaman omad albatta boraman albom taqdimotiga

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *