Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 May, 2006

"Begonalar" badiiy filmi taqdimoti bo’lib o’tdi.

BegonalarBugun soat 18:00da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida rejissyor Mirmaqsud Oxunovning «Begonalar» nomli yangi kinokartinasining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Film prem’erasini tomosha qilish uchun kinosaroyga taniqli kinoshunoslar, OAV xodimlari hamda estradamizning bir qator yulduzlari ham tashrif buyurishdi.
Agarda bevosita filmning o’ziga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, rejissyorning yangicha yondashuvini alohida ta’kidlab o’tish o’rinli. Filmdan shundoqqina jahon kinoindustriyasi ustasi Torantinoning nafasi kelib turibdi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, Mirmaqsud Oxunov Tarantinoning o’ziga hos uslubini o’zbek kinosida ham sinab ko’rgan. Filmga to’liq to’xtalib o’tirmaymiz. Zero, ming bor film haqida o’qigandan ko’ra bir bor tomosha qilgan afzal.
Filmda Ravshan Sobirov, Shodiya To’xtaeva, Ulug’bek Yunusov kabi kino va estrada yulduzlari ishtirok etishgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *