Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Sen, 2006

Bayram bilan sizni butun Shou-Biznes olami qutlaydi!

Eng aziz, eng ulug’ bayram – Mustaqilik kunining 15 yilligi yurtimizning har jabhasida alohida tayyorgarlik bilan kutib olinayapti.Bu 15 yil xalqini tarixidagi zarhal hariflar bilan bitilgan sahifa bo’ladi. Ana shu davr ichida ko’plab mahobatli inshoatlar qurildi. Yurt xusniga xusn qo’shildi. Osmon qadar g’urur yurtimizni makon ayladi. Dunyo O’zbekistonni tan oldi. Shu bilan birga o’bek san’ati ham shu qadar bo’y cho’zdi. Partalimiz yulduzlari yurtimizning 15 yilligini qutlab, bir qator san’atkorlarimiz tabrik so’zlarini bildiradilar!
Yurtimizning 15 yillik to’yi bilan Shou-biznes olami hamda «Akfa-media»ning jonkuyar ijodkorlari hamda bir qator san’atkorlari: “Bojalar”, “Radius 21”, Ziyoda hamda Oybek va Nigoralar chin qalblaridan qutlab qoladilar. Shu o’rinda hayotning go’zal lahzalarini, unutilmas damlarini go’zal kuy-qo’shiqlar, ko’zni quvontiradigan Shou-biznes olamining yangiliklarini armug’on aylaydi.
O’zbek estrada san’atining barcha ko’zga ko’ringan yulduzlari: Rayhon, Lola, Shahzoda, Davron Ergashev, Aziza Jonim, Sogdiana, Yayra, Shoxrux, Yodgor, Samandar, Roksana, Kamila, “Afruz”, Anora, Sharof Muqimov, Jo’rabek, Sardor Rahimxon, Aziz Rametov, Ulug’bek Rahmatullaev, Shahriyor, Abduvali Rajabov va bir qancha san’atkorlar o’zlarining samimiy tilaklarini tilab qoladilar.
Yana bir bor ayyomingiz muborak bo’lsin, ushbu shodiyona kayfiyati yil davomida hamrohingiz bo’lsin! Biz ham sizlarga xizmat qilishdan charchamaylik!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 72 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *