«Bayon»ning ilk taronasi FM to'lqinlarida…
«New Star» Media prodyuserlik markazining yana bir loyihalaridan biri ikki yigitdan tashkil topgan «Bayon» guruhi ekanligidan xabaringiz bor. «Bayon» guruhi 1 may kuni o'zining ilk taronasi «Sen ketma»ning FM to'lqinlari orqali prem'erasini o'tkazdi…
Guruh a'zolari Oybek va Ma'murlar tomonidan mohirona tarzda ijro qilingan «Sen ketma» taronasi haqiqiy ma'noda shu kuni o'zining ilk muxlislarini topa oldi. Qo'shiq uchun maxsus klipni Andrey Aryutyunov va Rustam Murodovlar tomonidan suratga olindi. Suratga olish ishlari «Aydarko'l» soxillarida bo'lib o'tdi. 30 kishidan tashkil topgan suratga olish guruhi eng yuqori saviyada klip yaratilishiga va'da berishmoqda. Tez orada klip ham TV kanallari orqali taqdim qilinadi. Portalimizni kuzatib boring va barchasidan birinchilar qatorida xabardor bo'ling.