«Bayon» sirini fosh etdi…
«New Star» Media prodyuserlik markazining omadli loyihalaridan biri, shuningdek, hozirda o'z ijodini tinmay boyitib borishga harakat qilayotgan «Bayon» guruhi, ijodida yuz bergan olamshumul yangilikni oshkor etishga qaror qildi…
Gap shundaki, guruh a'zolari Ma'mur hamda Oybek Dj. Serj muallifligida «Bez tebya» deb nomlangan yangi taronani Rossiya poytaxti Moskva shahridagi mashhur studiyalardan birida yozib tugatishdi. Endilikda ushbu taronaga «New Star» Media prodyuserlik markazining doimiy hamkori rejissor Sarvar Isaev tomonidan klip suratga olinmoqda.