«Bayon» guruhidan uzoq kutilgan tarona!
2010 yilda «Yil yangiligi»ga munosib bo'la oladigan, yoshlarning sevimli guruhi «Bayon» uzoq kutilgan «Bez tebya» taronasining prem'erasini o'tkazadi. Alohida aytib o'tish kerakki, ayni damda «Bayon» guruhining ushbu taronasi MDH dagi 54 ta davlat radiostansiyalari orqali taqdim qilib kelinmoqda…
Demak, 4 dekabr kuni soat 21:00 da FM 101,5 MHz «Grand» radio to'lqinlarida «Bayon» guruhining uzoq kutilgan «Bez tebya» taronasining prem'erasi bo'lib o'tadi. O'tkazib yubormang…