Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Sen, 2011

«Bayon» guruhi ruscha qo'shig'iga klip oldiradi…

BayonYosh guruhlardan biri «Bayon» yaqindagina o'zlarining «Bebosh» qo'shiqlariga klip tasvirga tushirib, keng omma e'tiboriga tortiq etganlari yodingizdan hali chiqib ham ulgurmagandir. Hozirgi kunga kelib, «Bayon» guruhi navbatdagi klip ustida ish olib borishmoqda.

Navbatdagi suratga olinadigan klip allaqachon mashhurlik cho'qqisiga chiqishga ulgurgan, Rossiyada ham jarang sochib, o'z muxlislarini topa olgan «Bez tebya» taronasiga ishlanadi. Klipni taniqli klipmeyker Yodgor Nosirov suratga tushiradi. Ijodiy guruh mazkur klip ham, uning qo'shig'i singari nafaqat O'zbekiston balki MDH davlatlarida ham yaxshi qabul qilinishiga umid qilishmoqda. Albatta, klip tayyor bo'lgach, unga baho beramiz va natijasini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *