«Bayon» guruhi kasting e'lon qiladi!
«Yoz-2010″ kashfiyoti bo'lgan «Bayon» guruhi yangi «Bez tebya» taronasi uchun suratga olinayotgan klipda ishtirok etish uchun qizlar o'rtasida kasting e'lon qiladi…
Kastingda o'zini zamonaviy va aktyorlik mahoratini yetarli darajada deb bilgan 14 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan barcha qizlar ishtirok etishi mumkin. Kastingda tanlab olingan nomzod «Bayon» guruhining yangi klipida suratga tushadi. Kasting haqidagi batafsil ma'lumotni «New Star» Media prodyuserlik markazining rasmiy sayti www.newstar.uz ga tashrif buyurib bilib olishingiz mumkin.