Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Iyun, 2010

«Bayon» guruhi fan-klubi tashkil etilmoqda!

BayonQisqa muddat ichida o'z muxlislariga ega bo'lib borayotgan «Bayon» guruhi ayni damda ijod bilan band. Jamoa yangi taronalar yaratish va o'z muxlislari ko'ngliga yo'l topa oladigan ijod maxsullarini tinglovchilarga taqdim etish haqida bosh qotirmoqda. So'zsiz har qanday san'atkor yoki guruhning shou-biznes olamida yuqori cho'qqilarni zabt etishida birinchi navbatda ularni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarning hissasi katta bo'ladi.

Keling, biz tinglovchilarning ko'nglini olishga harakat qilayotgan yoshlarni biz muxlislar ham birga qo'llab-quvvatlaylik. Shularning barchasini inobatga olgan holda «News Star» Media prodyuserlik markazi qoshida «Bayon» guruhining fan-klubini tuzishga qaror qildik. Sizga «Bayon» guruhining taronalari ma'qul kelmoqdami va siz ushbu yigitlarning kelajakda o'zbek shou-biznesi olamida o'z o'rniga ega bo'lishiga ishonasizmi? U holda bizning jamoaga qo'shiling va «Bayon» guruhini qo'llab-quvvatlang.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki, «Bayon» guruhi fan-klubining dastlabki uchrashuvi 26-iyun kuni soat 16:00da «New Star» Media prodyuserlik markazida bo'lib o'tadi. Dastlabki uchrashuv davomida guruh a'zolari Oybek hamda Ma'mur bilan yaqindan tanishish va ular uchun birinchi hayajonli daqiqa, o'z muxlislari bilan birinchi uchrashuv va katta sahnadagi ilk ishtirokiga bag'ishlanadi. Shuningdek shu kuni «Bayon» guruhi fan-klubining yetakchisi saylanadi. Suhbat davomida «Bayon» guruhining bosh prodyuseri Sardor Rahimxon bilan ham eksklyuziv suhbat guvohi bo'lasiz. Barchangizni «New Star» Media prodyuserlik markazida kutib qolamiz.

Murojaat uchun: (+99890)9110000


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *