Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Barcha yulduzlar Shuhrat Umarning klipida!
9 Mart, 2016

Barcha yulduzlar Shuhrat Umarning klipida!

Shuhrat Umar - Yetolmadim

«Shod» guruhidan ajralib chiqib, ayni damda yakkaxon tarzda o’z ijodini davom ettirayotgan Shuhrat Umar o’zining yangi taronasiga klip suratga tushirdi. Muhammadali iskandarov tomonidan suratga olinayotgan mazkur klipda siz o’zbek estradasi va kino olamining eng ko’zga ko’ringan yulduzlarini ko’rishingiz mumkin.

Shuhrat Umarning yangi taronasi «Yetolmadim» deb nomlanadi. Mazkur tarona matni Shahnoz va Shahboz tomonidan yozilgan. Qo’shiq musiqasi Shuhrat Umarning o’z ijodiga mansub. Aranjirovka muallifi Jasur Badalboev hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek klip rejissori Muhammadali Iskandarov. Klipda siz Sardor Rahimxon, «Bojalar» guruhi, Muhammadiso Abdulhayirov, Javlon Shodmonov, «Mango» guruhi, Jamshid Abduazimov, Munisa Rizaeva, Narimon Sultonxo’jaev, Umid Iskandarov va boshqalarni ko’rishingiz mumkin.

Quyida siz azizlar uchun suratga olish jarayonida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 6 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *