Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Barcha yulduzlar bir klipda!!!
25 Yan, 2016

Barcha yulduzlar bir klipda!!!

Hojiakbar Haydarov - Do'lana

Iste’dodli klipmeyker Shuhrat Mavlonov marhum ustoz san’atkor Nuriddin Haydarovning farzandi Hojiakbar Haydarovning yangi «Do’lana» deb nomlangan taronasiga klip suratga tushirdi. Eng qizig’i shundaki, klipda o’zbek kino va shou-biznes olamining eng yorqin yulduzlarini ko’rishingiz mumkin.

Hojiakbar Haydarovning «Do’lana» nomli yangi qo’shig’iga suratga olingan klipda siz ustoz san’atkorlardan Erkin Komilov, Tesha Mo’minov, Hamid Toshpo’latov, iste’dodli va ko’zga ko’ringan yulduzlarimiz, aktyorlardan Said Muhtorov, Umid Iskandarov, Sanjar Shodiev, Aziz Rametov, Yodgor Mirzajonov, Yigitali Mamajonov, Ahad Qayum, Mirtohir Mirg’ulomov va boshqalarni ko’rishingiz mumkin. Tez kunda Shuhrat Mavlonov tomonidan suratga olingan mazkur klipni ko’rib, o’zingiz baho berishingiz mumkin bo’ladi. Darvoqe, ayni damda Shuhrat Mavlonov ustoz san’atkor Sherali Jo’raevning «Parijon» taronasiga klip suratga olmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *