Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Noy, 2006

"Bakabang"ga klip hamda yangi filmda Rayhon!

RayhonO’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Rayhon G’anieva ijrosidagi yangi «Bakabang» taronasini tingladingizmi? Agar hali tinglamagan bo’lsangiz ertaga «Smile» on-line radiosi orqali tinglashingiz mumkin bo’ladi.

Aynan mana shu taronaga xonanda ayni kunlarda klip ham suratga tushirtirmoqda. Klip qanday ko’rinish olishini esa sir saqlamoqda. Buni albatta tez kunlarda www.Shou-bizneS.uz poratli orqali eng birinchi bilib olasiz. Shuningdek, Rayhon ayni kunlarda yangi kinokartinada bosh rolni ijro etmoqda. Film rejissori Dmitriy Korobkin. Dmitriy Korobkin bundan bir necha yillar ilgari O’zbekistonning eng yetakchi klipmeykerlari sirasiga kirar edi. Biroq, so’nggi yillarda rossiya telekanallarida operatorlik vazifasini bajarayotgan edi. Mana endi u yana o’z ona yurtiga qaytib, yangi badiiy filmga rejissorlik qilmoqda. Shu o’rinda Shou-biznes olami portali hamda «Smile» on-line radiosi nomidan mazkur film ijodkorlariga omad tilab qolamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *