Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Noy, 2009

Bahrom Yoqubov endi Rossiyada! Janik Fayziev bilan birga!

Bahrom YoqubovKinorejissor Bahrom Yoqubov haqida turli mish-mish va gap-so’zlar hali hanuz xalqimiz orasida yuribdi. Biz bu haqda to’xtalishni istamaymiz, ammo muxlislarning savollaridan biri bo’lgan, «Bahrom Yoqubov qayerda?» savoliga aniq javob berishimiz mumkin. Zero, kuni kecha Bahrom Yoqubov Rossiyadan qo’ng’iroq qilib, bir qator yangiliklari bilan o’rtoqlashdi.Xabaringiz bor Bahrom Yoqubov Qozog’istonda «Majruh» nomli kinokartina ustida ish boshlayotganligi haqida sizga ma’lumot yetkazgan edik. Aynan mana shu kartina endilikda Qozog’istonda emas, Rossiyada suratga olinishi ma’lum bo’ldi. Hozirda Rossiyaning eng taniqli kinoprodyuseri hisoblanadigan Janik Fayziev rejissor Yoqubovni Rossiyaga taklif qildi va hamkorlik taklifini bildirdi. Ma’lumot o’rnida aytib o’tishimiz mumkin, Janik Fayziev asli O’zbekistonlik bo’lib, hozirda Rossiya kinobozorida muhim ahamiyatga ega prodyuser hisoblanadi. Uning rejissorligi ostida «Turestkiy gambit» kabi bir qator kinokartinalar muvaffaqiyatli keng ommaga taqdim etildi. Aynan mana shu kinoprodyuser bilan endilikda Bahrom Yoqubov birgalik film ishlamoqda. Filmning bosh rolida Sergey Bezrukov suratga tushishi mumkin. O’z o’rnida biz Bahrom Yoqubovga ijodiy ishlarida omad tilab qolamiz!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 165 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *