Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Noy, 2010

Bahrom Sodiqovdan «Saharlarda»…

Bahrom SodiqovAsli kinorejissor bo’lgan Bahrom Sodiqov hozirgi paytda shou-biznes olamiga ham kirib kelmoqda. U o’zining “Manki oshiq” taronasi bilan ko’pchilikning e’tiboriga tushdi. Shu kunlarda esa xonanda o’zining navbatdagi yangi “Saharlarda” deb nomlangan qo’shig’iga klip suratga olmoqda. “Saharlarda”ning aranjirovkasi Jahongir.uz ga tegishli. Qo’shiq matni esa Risligoy Xotamova qalamiga mansub.

Tarona Maxfuzabegim Boymirzaeva bilan birgalikda kuylangan bo’lib, u o’ziga yarasha zamonaviy art yo’nalishi bilan ajralib turadi. Klipga keladigan bo’lsak, u Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanidagi Shoxruxiya deb nomlangan tarixiy joyda suratga olingan. Klipning rejissori Bahrom Sodiqovning o’zi ekanligi, xonandaning ko’p qirrali ijodkorligini ko’rsatib turibdi. Quyidagi ssilka orqali siz “Saharlarda”ning klipini tomosha qilishingiz va ko’chirib olishingiz mumkin.

«Saharlarda» — tomosha qilish!

«Saharlarda» — ko'chirib olish!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *