Bahoriy fotosuratlarda maftunkor Zarina Nizomiddinova!!!
SB.uz portali o’z muxlislariga ajoyib yangiliklar, loyihalar va yangi kliplarni taqdim etish bilan bir qatorda yulduzlarimizning qaynoq va eksklyuziv fotosuratlarini ham havola etib kelmoqda. Bugun ham siz azizlarga yangi fotosuratlar taqdim etamiz. Ushbu fotosuratlarda siz Zarina Nizomiddinovani bahoriy latofat ila ko’rishingiz mumkin.
3 kun avval siz azizlarga SB.uz portali Alisher Uzoqovning yangi fotosuratlarini taqdim etgan edi. Bugun esa navbat yuqorida aytganimizdek Zarina Nizomiddinovaga. Portalimiz hamkori «Mega Max Media» studiyasining mohir fotosuratchisi Zokir Mirsagatov tomonidan suratga olingan ushbu fotosuratlar aziz muxlislarimiz uchun manzur bo’ladi, degan umiddamiz. Maftunkor aktrisamiz orqali bahorni his eting!!!