Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Sen, 2006

Aziza Jonimga "xujum" uyushtirildi…

Aziza JonimBundan tahminan bir oycha oldin estrada olamida ijod qilib kelayotgan Aziza Jonimga bir namanganlik yigit kutilmaganda «xujum» qilib qoldi.Bu kutilmagan ko’ngilsiz voqea natijasida Aziza Jonimga ozgina lat yetkazilgan, sumkasi va qo’l telefoni o’g'irlangan. Mol-mulk o’z yo’liga, lekin shikast yetkazishganligi ortiqchalik qildi. Xonanda shu voqea yuz berganidan so’ng shifokorlar ko’rigida 10 kundan ortiq bo’lishiga to’g'ri keldi. Buni qarangki, haligi yigit oradan chamasi bir oycha o’tgach o’z oyog’i bilan militsiya bo’limiga tashrif buyurgan. Qilgan aybini tan olgan holda barcha o’g'irlagan narsalarini qaytarib bergan. Yigit asli Namanganning Chust shahridan ekan, ismi Shuhrat, harbiy o’quv yurtida tahsil olar ekan. Shuhratning aytishicha, unga kimdir shuncha muhlat ichida pul topib kelasan, deb dag’dag’a qilgan. Mana shu dag’dag’a ta’sirida ko’cha kezib yurgan Shuhratning oldidan o’z avtomobilini qulflayotgan, qo’lida sumkasi turgan Aziza Jonim chiqib qolgan. Nima qilarini bilmay Azizani qo’lidagi sumkasini olishga harakat qilgan va o’z g’arazli niyatini amalga oshirmoqchi bo’lgan. Alqissa, yigit qilar ishini noto’g'ri ekanligini tushunib yetgan. Ex, bunday holatlar bugungi kunda o’zbek estradasida ham kuzatilmoqda. Ehtiyot bo’lib yuring YULDUZLAR!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *