Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Fev, 2012

Aziz Rametovning «Mo'jiza ayol»i…

Aziz RametovHam aktyorlik, ham xonandalik faoliyatini bir maromda olib borayotgan Aziz Rametov so'nggi paytlar biroz kamnamo bo'lib qolgandek edi. Mana u yana ijodga jiddiy kirishmoqda. Yangi qo'shiqlar, yangi filmlardagi aktyorlik faoliyati, kliplardagi kichik rollari… Bugun biz Aziz Rametovning qo'shiqchilik san'atidagi izlanishlari haqida so'zlaymiz.

Xonanda yaqinlashib kelayotgan ayollar bayramiga ajoyib tuhfa tayyorlab qo'ygan. Bu tuhfa, «Mo'jiza ayol» deb nomlangan tarona hisoblanadi. Shuningdek, Aziz «Seni sevaman» va «Shiringina armonim» nomli yangi taronalari ham kuylagan va ularga hozirda klip suratga tushirilmoqda. Yana bir yangilik, Aziz Rametov rus tilida ham yangi qo'shiq yozgan. Bu qo'shiq qanday nomlanishi esa hozircha xonanda tomonidan sir saqlanmoqda.

 

Aziz Rametov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 78 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *