Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Iyun, 2008

Aziz Rametov qachon kuyov bo’larkin?!

Aziz RametovAziz Rametov 21-28 may kunlari Qozog’iston Respublikasining Ostona shahrida ijodiy safarda bo’lib qaytdi. Ushbu ijodiy safarda Aziz Rametov o’zining eng sara taronalari bilan muxlislar qalbida chuqur iz qoldirdi.Rametovning ayni damdagi ijodiy faoliyatiga to’xtaladigan bo’lsak, u hozirda «Bora-boraman» deb nomlangan yangi tarona ustidagi ishlarni yakuniga yetkazdi. Mazkur qo’shiq Nigina Nabieva so’zi va g’oyasi, Timur musiqasi bilan dunyoga keldi. Hozirda taronaga klip suratga olish uchun tayyorgarliklar ko’rilmoqda. Darvoqe, Aziz Rametov Avaz Olimovning «Kelibdi» taronasiga ishlangan klipida kuyov yigit obrazini talqin etdi. Qiziq, aslida Aziz qachon kuyov bo’larkin?! Buni albatta vaqt ko’rsatadi. Uning ijodiga ulkan zafarlar tilaymiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *