Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 May, 2006

Aziz Rametov "Mosfilm"da?!

Aziz RametovEstrada olamining yosh vakili, ajoyib aktyor Aziz Rametov ayni kunda Chorvoqda. Biz Aziz bilan bog’langanimizda u «Mosfilm» tomonidan suratga olinayotgan «Chegara hudosi» nomli kinokartinada suratga tushish ishlari bilan Chorvoqqa yo’l olganligini va tez orada Toshkentga qaytishini ta’kidladi. Buni qarangki, yosh iste’dod egasi Rossiya kinoijodkorlari nazariga tushibdi va o’z kinokartinalaridagi obrazlardan birini ijro etib berishga taklif qilishibdi. Agarda bu haqda to’liq ma’lumotga ega bo’lishni istasangiz saytimizni kuzatib boring. Tez kunda eksklyuziv fotosuratlar bilan birgalikda Aziz Rametovning ushbu kinoasarga bog’liq suhbatidan voqif etamiz. Darvoqe, 18 may kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Aziz Rametov ishtirokidagi «Shiringina armonim» badiiy filmining taqdimot marosimi bo’lib o’tadi. Mazkur filmda Aziz Rametov hamda Otabek Madrahimovlar ijrosidagi «Basmaxon» nomli duet taronani ham tinglashingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *