Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 May, 2008

Aziz Rametov bosh rolda!

Aziz RametovYaqindagina AQSH davlatida ijodiy safarda bo’lib qaytgan Aziz Rametov, yangi «Lola» filmida bosh rollardan birini ijro etmoqda. Ushbu filmda u, Said obrazini talqin qilmoqda. Film direktori Shoira G’ofurova. Shuningdek, o’zining ijodini ham unutayotgani yo’q!…Aziz hozirgi kunda ketma-ket 4ta tarona ustida ish olib bormoqda. Aksariyat taronalarining so’zini shoira va xonanda Nigina Nabieva bilan hamkorlikda yozgan. Musiqa borasida esa, Timur hamda Jasur Badalbaevning hissasi katta bo’lmoqda. Yaralayotgan qo’shiqlarning biri xorazm shevasida, biri esa duet tarona hisoblanadi. Aziz Rametov shunga qo’shimcha qilib, Xitoy va AQSH davlatida suratga tushirgan kliplarini tez orada TV kanallari orqali namoyish etadi. Tez kunda AQSH davlatidagi ijodiy safarda tushirilgan ajoyib fotosuratlarni 1-raqamli portal orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *