Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Ayol kulsa…» — kutilgandanda a’lo darajada o’tdi!!!
12 Apr, 2015

«Ayol kulsa…» — kutilgandanda a’lo darajada o’tdi!!!

Ayol kulsa konsertBir guruh ijodkorlar «Ayol kulsa…» nomli televizion shou dastur ustida ish olib borayotganligi haqida sizlarga avval ham xabar bergan edik. Mana kuni kecha, ya’ni 11 aprel kuni soat 17:00da «Yoshlar Ijod Saroyi»da uzoq kutilgan xajviy yo’nalishdagi shou dastur juda ham a’lo darajada bo’lib o’tdi.

«Ayol kulsa…» shousini juda ko’pchilik kutayotgan edi. Kimdir yaxshi niyatlar bilan, mazza qilib kulaman, degan fikr bilan kutgan bo’lsa, yana kimdir qani bular nimani qoyillatar ekan, degan o’y-hayol bilan kutishdi. Natijada esa hattoki ijodkorlar o’zi kutgandanda a’lo natija bilan yakun topdi. «Ayol kulsa…» deb nomlangan mazkur teleshouning ilk soni juda ham yuqori kayfiyatda o’tdi. Asosan ayol ijodkorlar, xonanda va aktrisalardan iborat jamoa tomonidan taqdim etilgan xajviy sahna chiqishlari, miniatyuralar tashrif buyurgan yulduzlarni va mehmonlarni kayfiyatini juda ham yuqori darajaga chiqarib yubordi. Tashrif buyurganlarning barchasi yuzida tabassum bilan o’z uylarga qaytishganliklaridan mamnunmiz. Tez kunlarda mazkur televizion shouni videosini ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz, hozircha esa biz sizlarga ijodiy jamoa bilan to’liq tanishtirgan holda, bo’lib o’tgan shou dasturdan fotosuratlarni ham taqdim etishga qaror qildik. Loyiha muallifi aktrisa va xonanda Zamira Beshimova, «Ayol kulsa…» televizion shou dasturining boshlovchisi Mirtohir Mirg’ulomov, shou-konsert tashkilotchisi «Art centre» studiyasi Abdurahim Musaev, loyiha  ma’muri Timur Ibragimov, Ssenariy mualliflari Indira Miftaxova, Dilnora Soipova hamda Kamola Sulton, dasturni sahnalashtirishda o’z yordamini ayamagn Olimjon Xudoynazarov, aktrisalar Oyxon Iforzoda, Madina Mumtoz, Feruza Normatova, Saida, Feruza Mustafaeva va Kaniza, aktyorlar Dilshodbek Kattabekov hamda Akmal Nazarov.

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 350 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *