Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ayni damlarda Manzuraning yangi klipi suratga olinmoqda!
19 May, 2015

Ayni damlarda Manzuraning yangi klipi suratga olinmoqda!

SB.uz portManzura-Hayotim14ali ijodiy jamoasi 0′z muxlislari uchun so’nggi yangiliklarni tezkorlik bilan taqdim etishga harakat qilmoqda. Mana bugun ayni damda suratga olish ishlari davom etayotgan Manzuraning «Hayotim» taronasiga klip tasvirga tushirish jarayonidan eksklyuziv fotoreportajni taqdim etmoqdamiz.

Manzura ijrosidagi yangi «Hayotim» nomli taronaga shu daqiqalarda Sarvar Isaev rejissorligi, Rustam Murodov operatorligi ostida klip suratga tushirilmoqda. Klip trek asosida tasvirga tushurilayotgan bo’lib, unda iste’dodli aktyor Umid Iskandarov ham namoyon bo’ladi. Bobur Umarov so’zi, Robert Mirzoyan aranjirovkasi bilan ijro etilgan «Hayotim» taronasiga suratga olinayotgan klipda Manzura 3 xil obrazda namoyon bo’ladi. Klipga oid asosiy ma’lumotlar mana shulardan iborat edi. Ana endi esa e’tiboringizni klip jarayonidan olingan fotosuratlarga qaratamiz.

Quyida siz azizlar uchun klip jarayoni davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *