Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Yan, 2010

«Ato» guruhining «Qanot»i bormi?

AtoO'z yo'nalishiga va o'z muxlislariga ega bo'lgan «Ato» guruhidan bir qator yangiliklar mavjud. Ular bilan esa sizni tanishtirshga qaror qildik. Endi ushbu guruhning «Qanot»i bor!

Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, «Ato» guruhi pop-rok yo'nalishida «Qanot» nomli qo'shiq kuylashdi. Ayni damda qo'shiqqa klip suratga olish ishlari bo'lib o'tmoqda. Shu bilan bir qatorda guruh muxlislari uchun guruhning ustozi hisoblanadigan shoir va bastakor Shahnoz qalamiga mansub «Baxtingni topasan» taronasi tez orada taqdim etiladi. Mazkur taronaga ham klip suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Va yana bir yangilik, «Ato» guruhi duet tarona kuylash arafasida. Duetdoshlar guruhning yaqin do'stlari, ammo hozircha ular kim ekanligi sir saqlanmoqda. Qo'shiq tayyor bo'lib, klip olinishi bilan duetdoshlar kim ekanligi muxlislarga ayon bo'ladi. Xullas, 2010 yilda «Ato» guruhidan 4ta klip va ilk albomni qarshi olishingiz mumkin bo'ladi.

 

Ato


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *